Страница 3 из 9
Gardez Paktiya viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, uch tarafdan purviqor tog‘lar bilan o‘ralgan, faqat g‘arb tomon pasttekislikdan iborat. Shaharning janubi- sharqiy tarafidagi tog‘ning bir qismi alohida bo‘lib, shunaqangi ajoyib joylashgandiki, u xuddi askarlar pilotkasiga o‘xshardi, nomini ham shundan kelib chiqib “pilotka tog‘i” deb atardik (Pilotka – to‘nkarilgan qayiqni eslatuvchi harbiy bosh kiyimi). U strategik jihatdan atrofni kuzatishda qulayligi uchun ham u yerda bitta vzvod joylashtirilgandi. Uzoqligi besh-olti kilometrlar bo‘lgan bu “nuqta”mizga har oyda bir-ikki marotaba vertolyot bilan askarlar o‘rin almashtirib kelinardi.
Shaharning shimol tomonidagi tog‘ sari yo‘nalgan, dovondan pastga tushgach, to‘g‘ri Kobulga boradigan bir yuz yigirma chaqirimlik , qachonlardir asfaltlangan yo‘l haqida keyinroq to‘xtalib o‘taman. Janub tarafga yo‘nalgan yo‘l janubiy dovonga borib tutashgan. Dovon esa, toki Jadran qabilasi yopib olgunga qadar, Xost okrugi bilan bog‘lab turardi.
Borganimizdan so‘ng uch-to‘rt haftalar o‘tgach, batareya komandiri kapitan Balushkin, bizni kazarmadagi stol-stullar joylashtirilgan, hammamiz “lenkomnata” deb ataydigan xonaga yig‘ib, burgutqarash nigohi bilan har birimizni birma bir “rentgen nuridan o‘tkazgancha” so‘z boshladi:
– Xo‘p, yigitlar, tez kunlarda “Vardak” amaliyotiga chiqamiz, kimlar borishini esa faqat men hal qilaman, -deyishi bilan ko‘pchilik askarlar qo‘l ko‘tarishib“men boraman, men boraman” deb chug‘urlashib qolishdi.
Mening xayolimda esa hali ham avvalgi qo‘rquv bor: “ Nima bo‘lgan bularga, urushga ham shunchalik qo‘rqmasdan “men boraman” deyishadimi?”
O‘sha paytda ko‘nglimdagi ko‘zlarimda aks etgandir, balki, bilmadim.
Bir muddat jimlikdan so‘ng Balushkin davom etdi:
–Bu gal aloqachi yoshlardan Azizov, Stepanyuk va Ivanovlar borishadi. Kim nimaga qodirligini bilib olaylikchi, a, nima dedinglar? Vzvodlardan kim borishini esa vzvod komandirlari hal qilsin, – deya gapni qisqa qilib chiqib ketdi.
Men, amaliyotga qachon jo‘nashimiz mumkinligini surishtira boshlab, shuni angladimki, uning qachon boshlanishi harbiy sir hisoblanarkan, hamma tayyorgarlik ko‘rib qo‘yishi, bitta buyruq bilan o‘ziga biriktirilgan mashinalarga chiqishi lozim ekan.
Tayyorgarlikni o‘zimcha boshlab yubordim. “Ryukzak desantnika” yoki qisqa qilib “RD” deb ataladigan yo‘l xaltaga kerakli narsalarni yig‘a boshladim: o‘q- dori, granatalar, uch kunlik oziq-ovqat, dori-darmon, sovun-sochiq kabi narsalarning o‘zini joylashtirish uchun bitta emas ikkita RD ham kamlik qilardi. Bulardan tashqari o‘n besh kilolar yuk bosadigan radiostansiya, avtomat, o‘q o‘tkazmaydigan bronejelet hamda ichiga kirib uxlashga mo‘ljallangan xalta (спaлный мещок) ham bor edi.
Ularning hammasini joylash, qaysi biridan qancha miqdorda olishni bilish ham tajriba, mahorat talab qilar ekan.
“Ded”larning biridan istihola bilan maslahat so‘radim:
–Kak delat? Chto vzyat?
U juda og‘ir-bosiq, ko‘p janglarni ko‘rganligidan bo‘lsa kerak, ko‘zlari juda ziyrak boqardi.
–Sen, ukajon, ko‘proq oziq-ovqat olgin, -dedi u men yig‘ib qo‘ygan o‘q-dorilarni bir chetga surib qo‘yar ekan, davom etdi:
–Avtomating magazinlarining o‘zida to‘qsonta patron bor, so‘rashtirib lifchik4 topib olsang unga ham uch-to‘rtta o‘qdon o‘qi bilan sig‘adi. Zahiraga yana yuz-ikki yuz dona patron va granatalardan uch-to‘rtta ol, yetadi, chunki o‘q-dorini senga yetkazishadi, o‘ylama, lekin oziq-ovqat masalasi qiyin. (Ammo keyinchalik o‘q-dori yetkazib berish imkoni topilmay qoladigan vaziyatlarga ham tushib qolish mumkinligiga guvoh bo‘ldim.)
U karton qutilarga joylashtirilgan “suxoy payok” deb nomlanuvchi uch kunlik oziq –ovqatlarimni titib, ikkiga ayira boshladi. Har bir qutida mayda-katta konserva bankalarning o‘zidan olti-yetti dona, pechenyega o‘xshatib qadoqlangan non mahsulotlaridan ikki-uch xil va yana men hali nimaligini aniq bilmagan boshqa narsalar ham bor edi.
–Bulardan kaloriyaliklarini ol, yukni ko‘paytirma, -deb bankalardan bir nechtasini olib tashladi.
O‘zini Glazev deb tanishtirgan rus yigiti juda muloyim chiqib qoldi.
–Sen, ukajon, bu yerda o‘lib ketishdan emas, obro‘yingni yo‘qotib qamalib ketishdan qo‘rqqin. Nizom bo‘yicha yasha, komandirlarning ko‘rsatmalaridan chetga chiqma, boylikka qiziqma, hammasi yaxshi bo‘ladi, -deb aytgan so‘zlari hamon quloqlarim ostida jaranglab turadi.
Yoshi deyarli o‘zimga tengdosh bo‘lgan bu yigitning akalarcha bergan nasihatlariga quloq solarkanman, “Nahotki “ded”larning hammasi shunday odamoxun, muloyim bo‘lsa?”– degan savol xayolimga keldi. Lekin keyinchalik besh barmoq barobar emasligiga amin bo‘ldim.
Uch-to‘rt kunlik tayyorgarlikdan so‘ng tongda jangovar texnikalardan iborat kolo
Shahardan chiqib g‘arb tomondagi pasttekislik tomon yo‘naldik. “Zelyonka” deb atalmish daraxtzorlarni chap tarafimizda qoldirib, yalanglikdagi tuproq yo‘ldan ketayapmiz, lekin yo‘limiz sira unmas, kolo
Kolo
Tushgacha besh chaqirimcha yo‘l bosdik. To‘satdan portlash tovushi eshitildi. Men o‘tirgan BMP dan uchta mashina oldinroqda borayotgan, egiluvchan uzun ante
Kolo
–Fugas ekan, -dedi kimdir yonimdan.
Oldinda ketayotgan tank o‘tganda ham, undan keyingi beshta mashina o‘tganda ham portlamagan fugasli mina nega aynan shu mashina g‘ildiraklariga dosh berolmadi?
Xayolimdan o‘tgan bu savolga javob topish maqsadida yonimdagi askardan sekingina so‘radimu, uning javobidan yuragim orqaga tortib ketdi.
Minani chuqurroq ko‘mib, ustidan yana qisman tuproq tortib, snaryadning bo‘sh gilzasini to‘nkarib shunday moslashtirib qo‘yisharkanki, endi u besh-oltita mashina o‘tmagunicha portlamas ekan. Har qaysi bosib o‘tgan mashina yarim-bir santimetrdan pasaytirib borib, to‘nkarib qo‘yilgan gilzani portlatgichgacha yaqinlashtirib borar, va nihoyat kimningdir chekiga portlatgichni ishga tushirib yuborish to‘g‘ri kelarkan. Bu birinchi taxmin. Komandir mashinasi portlaganini nazarga oladigan bo‘lsak, ikkinchi taxmi
Yura Samsonov o‘zimizning bo‘linmadan edi. Mendan olti oy oldin afg‘onga kelgan bu yigit og‘ir-vazminligi, boshqalar bilan yaxshi muomalada bo‘lishi bilan, hamda o‘z ishining ustasi-mohir haydovchiligi sabab mening xotiramda qolgan.
Ma’no , mantig‘i yo‘q, besar bu urush,
Kim va nima uchun biz tutdik qurol.
Har qadamda xatar, aqling faromush,
Ko‘ngilda ming bitta javobsiz savol.
Bir soatlar davom etgan to‘xtalishdan so‘ng kolo
Biz tunash uchun to‘xtagandik. Vzvod komandiri biz joylashmoqchi bo‘lgan hududni piyodalarga qarshi qo‘llanadigan minalardan tozalash maqsadida “Ural” yuk mashinasini bir oldinga, bir orqaga qilib shunday yurdirtirib chiqdiki, mashina g‘ildiragi bosmagan bir qarich ham bo‘sh joy qolmadi. Shunday qilinganda, piyodalarga qarshi mina, mabodo bo‘lsa, hech kimga ziyoni tegmasdan portlaydi. Hududni to‘rt burchagiga belgi qo‘ydirgan vzvod komandiri, hammamizga shu chegaradan chiqmaslikni tayinladi.
Endigina joylashib, o‘zimizni “o‘z uyimizdagidek” his qila boshlagandik hamki, havoda nimadir chiyillab biz tomon uchib kelayotgani eshitildi. Bu artilleriya snaryadining havoni kesib uchganda chiqaradigan ovozi edi.
Ellik qadamcha nariga tushgan snaryad portlab oskolkalari tun qorong‘usida shu qadar chiroyli manzara hosil qilib sochilar ediki, unga mahliyo bo‘lib tikilganimcha Toshkentda bayram oqshomlari otiladigan feyerverklar xayolimdan o‘ta boshladi.
Portlash manzarasi xuddi kino tasmasini sekinlashtirib namoyish qilinayotgandek uzoq davom etayotgandi…
–Lojis, … tvoyu mat!– kimdir yelkamga qattiq urib, meni yerga yotqizib oldi, ustimizdan oskolkalar vizillab uchib o‘tgani qulog‘imga elas-elas eshitildi. Meni “so‘kkan” kim ekan, deb o‘girilib qarab, unga mi
-Ti jivoy? Ukrivaysya, tolko nachinaetsya, – degandan so‘nggina esimni yig‘ib oldimu, qurolimni otishga shaylab, o‘zimni yuk mashinasi ostiga “urdim”. Radiostansiyamni ishga tushirib, belgilangan chastotaga qo‘yib, quloq sola boshladim. Bu orada yana ketma-ket snaryadlar uchib kela boshladi.
Qiziq, aslida meni xavotirga solgan urush atrofimda olov sochyapti-yu, lekin, ayni shu damda menda qo‘rquvdan asar ham qolmagandi.
Radioto‘lqinda har xil atamayu nomlar yangray boshladi.
–Chetvyortiy, chetvyortiy, ya perviy, priyom.
Hartugul mening, o‘zimning to‘rtinchi ekanligim, yodimdan chiqmabdi. “Ko‘ch-ko‘ron”imni ko‘targancha, vzvod komandiri yoniga yugura turib javob berdim:
–Ya chetvyortiy, priyom.
–Prinimay koordinati, priyom.
–Yest, primu koordinati, priyom.
–Iks-37040, igrek – 12510, visota- 200, priyom.